YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR — 20-asrning so’nggi o’n yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin o’zgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha jahondagi o’rta va hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi. Yangi industrial mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi o’sdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi ko’paydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi industrial mamlakatlarga Latin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va Janubiy Sharqiy Osiyoda “Osiyo yo’lbarslari” nomini olgan bir qator mamlakatlar va hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi. Bulardan bir qadar keyinroq 2-avlod Yangi industrial mamlakatlar deb nom olgan mamlakatlar ham paydo bo’ldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi hamon qishloq xo’jaligida band bo’lishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez o’smoqda, milliy kapital vakillarining mavqei mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi. Yangi industrial mamlakatlar sanoatida eng zamonaviy texnologiyalar qo’llaniladi va jahon bozorida raqobatbardosh yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar o’z taraqqiyotida faqat o’zlarida serob, hatto ortiqcha bo’lgan tabiiy va mehnat resurslari bilan birga texnik jihatdan murakkab ishlab chiqarishga tayanishlari va bu tarmoqlarda qiyosiy afzalliklarga ega bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Yangi industrial mamlakatlarning sanoat rivojida chet el kapitali faol rol o’ynaydi. Masalan, Singapurda 1980-yillar oxirida ishlov beruvchi sanoat mahsuloti eksportining 90% ga yaqini, Koreya Respublikasida 27% chet el transmilliy kompaniyalari (TMK) filiallari hissasiga to’g’ri kelgan. TMK bu mamlakatlarda mahalliy arzon ishchi kuchidan foydalangan holda yangi, ba’zan eng yangi sanoat korxonalarini qurishda ishtirok etadi. Ayrim detallar va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan tor ixtisoslashgan korxonalar quradi, mahsulotni pirovard yig’ish rivojlangan mamlakatlarning o’zida amalga oshiriladi. Mas,alan elektronika sanoati sohasidagi AQSh va Yaponiya TMK Meksika, Singapur, Tayvan va Malayziyada yarimo’tkazgichli priborlar va integral sxemalar chiqaradigan bir qator korxonalarni tashkil etdi. Ayrim TMK murakkab texnologiyani soddalashtirib, ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga ajratib, rivojlanayotgan mamlakatlarda tegishli korxonalarni qurdi. Natijada bu mamlakatlardan ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari eksportining katta qismi TMK ichki firma savdosidan iborat bo’lib qoldi. Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarning eksport yo’nalishidagi rivojlanishi, eksport tuzilmasi tamomila o’zgardi. Unda xom ashyo va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat eksportida to’qimachilik mahsulotlari salmog’i pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda o’sib bordi. Masalan, 1970 yildan 1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5 dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3 gacha, to’qimachilik tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15 gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi, mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha, Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha o’sdi. 2-avlod Yangi industrial mamlakatlarda ham xuddi shunday o’zgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziq- ovqat eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan bo’lsa, mashina va uskunalar hissasi 1,6% dan 50% ga o’sdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va uskunalar hissasi 0,1% dan 31,5% ga ko’tarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning ko’pchiligi mashina va uskunalar eksporti bo’yicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarildi. 20-asr oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar eksportining 70% dan ko’prog’i Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlar (Syangan, Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand), shuningdek, Xitoy hissasiga to’g’ri keldi. 2002 yilga kelib aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish Koreya Respublikasida 16480, Singapurda 23090, Malayziyada 8280 AQSh dollarini tashkil etdi. Yangi industrial mamlakatlarda aholi jon boshiga tibbiy, ta’lim, kommunal xizmatlari iste’mol bo’yicha ham jiddiy yutuqlarga erishilgan. Yangi industrial mamlakatlarning paydo bo’lishi hozirgi jahon xo’jaligida va xalqaro mehnat taqsimotida katta o’zgarishlar yuz berganligini, rivojlanayotnan mamlakatlar o’rtasida tabaqalanish kuchayib borayotganligini ko’rsatadi, chunki Yangi industrial mamlakatlar dagi taraqqiyot kam rivojlangan mamlakatlarning katta guruhidagi qoloqlikni bartaraf eta olmadi. Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi darajasiga ko’ra, Yangi industrial mamlakatlardan eng rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina, Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, Portugaliya, Gresiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi. Meksika va Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESD) a’zoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti bo’la oladi. Qodirjon Yusupov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Yangi Industrial Mamlakatlar haqida batafsil ma’lumot
Yangi Industrial Mamlakatlar (YIM) — bu dunyoning rivojlanayotgan va sanoatlashtirish jarayonini tezkor o‘tayotgan davlatlari bo‘lib, ularning iqtisodiyoti tez o‘smoqda va sanoat sohasi sezilarli darajada rivojlangan. Ular an’anaviy rivojlangan mamlakatlarga nisbatan tezroq sanoatlashish va iqtisodiy modernizatsiyadan o‘tmoqdalar. YIM atamasi odatda 1960-1970 yillardan boshlab keng tarqalgan.
Yangi Industrial Mamlakatlar xususiyatlari:
Tez rivojlanayotgan sanoat tarmog‘i
Bunda sanoat ishlab chiqarish ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ladi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari – yirik zavod va fabrikalarda avtomobilsozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi sohalar.
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot
YIM asosan xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Masalan, elektronika buyumlari, kiyim-kechak, mashinalar va boshqalar eksport qilinadi.
Bandlikning ko‘p qismi sanoat tarmog‘ida
Qishloq xo‘jaligi bandligi tobora kamaygan holda sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida ko‘payadi. Bu shaharlarning tez o‘sishiga olib keladi.
Innovatsiyalar va texnologiyalarni tez qabul qilish
YIMlar yangi texnologiyalarni faol joriy etib, ishlab chiqarishda raqobatbardosh mahsulotlar yaratadilar.
Ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar
Tez sanoatlashish va shaharsozlik bilan birga ijtimoiy muammolar ham paydo bo‘ladi: ishchilarning sharoiti, ekologik muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va boshqalar.
Mashhur Yangi Industrial Mamlakatlar (misollar):
Janubiy Koreya
20-asr o‘rtalarida qashshoqlikdan zamonaviy sanoatchilikka o‘tgan. Samsung, Hyundai kabi yirik kompaniyalarni yaratgan.
Singapur
Kichik shahar-davlat bo‘lishiga qaramay, yirik logistik va moliyaviy markaz sifatida rivojlangan.
Tayvan
Elektronika sanoatida, xususan yarimo‘tkazgich ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi.
Hindiston va Xitoyning ayrim hududlari ham YIM sifatida ko‘riladi.
YIMlar qaysi sabablarga ko‘ra rivojlangan?
Ochiq iqtisodiyot siyosati — xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar oqimini rag‘batlantirish.
Ta’lim tizimining rivojlanishi — malakali ishchi kuchi tayyorlashga katta e’tibor qaratish.
Infratuzilmaning yaxshilanishi — sanoat markazlari, transport tarmoqlari, aloqa va energetika sohasidagi yangilanishlar.
Davlatning faol roli — sanoatni qo‘llab-quvvatlash, soliqlarni kamaytirish, davlat dasturlari orqali rivojlanishni jadallashtirish.
Xulosa
Yangi Industrial Mamlakatlar butun dunyo iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi va iqtisodiy kuch sifatida tobora ko‘proq e’tiborni jalb qilmoqda. Ularning tajribasi rivojlanayotgan davlatlar uchun namunadir, chunki ular qisqa vaqt ichida sanoat va iqtisodiyotni qayta shakllantirishga muvaffaq bo‘lishgan. Shuningdek, YIMlarda yuzaga keladigan ijtimoiy va ekologik muammolarni yechish ham kelajak uchun katta ahamiyatga ega.
Agar qo‘shimcha ma’lumot yoki aniq mamlakatlar bo‘yicha tahlil kerak bo‘lsa, ayting!
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish