YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI
YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI — Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari sohilidagi pasttekislik. G’arbda Omoloy daryosi vodiysidan Sharqda Indigirka daryosigacha 700 kilometrdan ortiq masofaga cho’zilgan. Eng serbar joyi 300 kilometr. Ko’pchilik joylarda balandligi 100 metr (ayrim qoldiq qirlarning balandligi 350-500 metr). G’ovak dengiz va quruqlik yotqiziqlari hamda qalin muzlar bilan qoplangan. Kattagina qismida tundra o’simliklari o’sadi. Yana-Indigirka pasttekisligi kuchli botqoqlashgan. Termokarst ko’l ko’p.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz