YAMAYKALAR, yamaykaliklar — xalq, Yamaykaning asosiy aholisi (2,37 million kishi). Umumiy soni 3,47 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, qora tanlilar va mulatlar. Ingliz tili lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan, protestantlar. Yamaykalar shakarqamish, banan va tsitrus mevalari yetishtirish bilan shug’ullanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish