YAMANLIKLAR



YAMANLIKLAR, Yaman arablari — xalq, Yamanning asosiy aholisi. Umumiy soni 13,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). 1,4 million kishi Saudiya Arabistonida yashaydi. Fors ko’rfazi davlatlari, Tunis, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniyada ham yashashadi. Ular hunarmandchilik, baliq ovlash, neftni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatida mehnat qilmoqdalar. Dindorlari — musulmonlar (sunniylar va shialar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz