YAMAN TOG’LARI
YAMAN TOG’LARI, Jabal Arabiston yarim orolining Janubiy g’arbiy qismidagi tog’lar, Yaman Respublikasi va Saudiya Arabistoni hududida. Shimoliy g’arbdan Janubi sharqqa 500 kilometr masofaga cho’zilgan. Eng baland joyi 3600 metr. Kristall va vulkanli jinslardan tuzilgan palaxsali yassi cho’qqili massivlardan iborat. So’ngan vulkanlar bor. Yaman tog’lari chuqur vodiylar bilan kesilgan. Yon bag’irlari qizil dengiz va Adan qo’ltig’iga tik tushadi, shim.Sharqda Rub ulXoli cho’li tomon pasayib boradi. Quruq dasht, cho’l o’simliklari o’sadi. Vaqtincha oqar suvlar va Daryo vodiylarida butazorlar bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz