YALQOVLAR



YALQOVLAR — chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 50-65 santimetr, og’irligi 4-7 kilogramm. Boshi 270° gacha burilishi mumkin. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan uzun. Barmoqlari 2 yoki 3 ta, o’zaro yopishgan, tirnoqlari uzun va egilgan. Tanasining yunglari qorin tomondan orqasiga qayrilgan. Tana harorati tashqi muhit haroratiga qarab 24° dan 35° ga o’zgarib turadi. 2 uruqqa mansub 5 turi Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Yalqovlar daraxtda yashaydigan kam harakat hayvonlar. Odatda, daraxt shoxlarida orqasi pastga qarab osilib turadi. O’simlikxo’r. Yilda 1 bola tug’adi. Go’shti, terisi va bezak sifatida ishlatiladigan tirnoqlari uchun ovlanadi. Soni kamayib ketmoqda. Bo’yinbog’li yalqov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz