YALANGTO’SHTEPA — shahar xarobasi (miloddan avvalgi 2-1, milodiy 7-8-asrlar). Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi O’rgulsoy daryosining quruq o’zani bo’yida. 1973 yilda E.V.Rtveladze tomonidan aniqlangan. Umumiy maydoni 30 gektar. 3 qismga bo’lingan: qo’rg’on, Shahriston va qabriston. Qo’rg’on to’g’ri to’rtburchak tarxli (110×100 metr), devor va xandaq bilan o’ralgan. Qo’rg’onning Janubiy tarafida darvoza, burchaklarida yarim aylana shaklli minoralari bor. Kushon davriga oid sopol idishlar, terrakotadan yasalgan ma’budaning boshi, Arfa chalayotgan qiz haykalchasi topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish