YAKUNLOVCHI HUJJAT, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining Yakunlovchi hujjati — xalqaro shartnoma. 1975 yil 1 avgustda Xelsinki shahrida Yevropaning 33 davlati, AQSh va Kanada rahbarlari imzolagan. Yakunlovchi hujjatning to’la hajmda va bir butun holda bajarilishi lozim bo’lgan asosiy qoidalari: 1) Yevropada xavfsizlikni ta’minlash; 2) iqtisodiyot, fan va texnika sohalarida hamkorlik, atrof muhitni muhofaza qilish; 3) gumanitar va boshqalar sohalarda hamkorlik qilish; 4) kengashdan keyin yanada olg’a qadamlar qo’yish. Yakunlovchi hujjatda o’zaro munosabatlar va hamkorlik normalarini belgilovchi 10 tamoyil bo’lib, ular quyidagilar: s.uveren tenglik; suverenitetga xos huquqlarni himoya qilish; kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlataman deb do’qpo’pisa qilmaslik; chegaralar daxlsizligi; hududiy butunlik; janjallarni tinch yo’l bilan hal qilish; ichki ishlarga aralashmaslik; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlash; xalqlar teng huquqligi va ularning o’z taqdirini o’zi xohlagancha hal qilish huquqi; davlatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik qilish; xalqaro huquqiy majburiyatlarni bajarish. Yakunlovchi hujjat — Yevropani mustahkam tinchlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rnatilgan qit’aga aylantirishning muhim omiliga aylandi. 1992 yil martgacha 51 davlat Yakunlovchi hujjatga imzo chekkan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish