YAKKABOSHCHILIK
YAKKABOSHCHILIK — boshqaruv printsipi; biron-bir organ, muassasa, korxona rahbariga o’z funktsiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan keng vakolatlar berilishini, shuningdek, natijalari uchun unga shaxsiy javobgarlik yuklanishini anglatadi. Davlat organlari, muassasalar va korxonalar ishidagi Yakkaboshchilik muayyan organ faoliyatining muhim masalalari muhokama qilinayotganda kollegiallik bilan keng miqyosda uyg’unlashtirib amalga oshiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz