“YAKKA AHMAD”



“YAKKA AHMAD” — o’zbek xalq dostonlaridan biri. Eng mukammal varianti Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan va nashr etilgan. Dostonda Do’rmon elining hokimlari aka-uka Qoraxon va Sarixonlarning farzandlari Ahmadbek va Oqbilaklarning yoshligida unashtirilishi, akaukaning o’zaro kelishmovchiligi tufayli Sarixonning Eronga ko’chishi, Ahmadning Oqbilakni izlab yo’lga chiqishi, Oqrabotda qirq zangini o’ldirib, Ernazarni ozod qilishi, Xonchorbog’da Boboayyor qo’liga asir tushishi, uni izlab otasi, onasi va singlisi Qaldirg’ochning yo’lga chiqishi, yo’lda ularga Ernazarning qo’shilishi, dushman yurtdan Sarixon va Oqbilaklarning Ahmadni izlab yo’lga tushishlari va ularning barining Xonchorbog’da uchrashuvlari, ayyorlarni uengib, Ahmadbekni ozod qilishlari kabi sarguzasht voqealar tasvirlangan. Badiiy jihatdan mukammal sanalgan bu asar o’zbek dostonchiligi taraqqiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Olimlar uni 16-asrda yaratilganligini taxmin qiladilar. Ad.: Bulbul taronalari [5J.li], 1J., T., 1971.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz