YAHUDIYLAR (o’zlarini yegudim, IDN deb atashadi) — xalq. Umumiy soni 13,62 million kishi, jumladan, AQSh da 6 million kishiga yaqin, Isroilda 4 million, Rossiya Federatsiyasida 551 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yahudiylarning aksariyati qaysi mamlakatda yashasa, o’sha mamlakat tilida so’zlashadi. Yahudiylarning bir qismi ivrit, idish tili va qo’shni xalqlar (ispan, Arab, fors va boshqalar)ning birmuncha o’zgartirilgan lahjalarida so’zlashadi. Chunonchi, masalan, O’rta Osiyo Yahudiylari tojik tilida, gruzin Yahudiylari gruzin tilida, Dog’iston Yahudiylari tot tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, iudaistlar. Yahudiylar diasporasida ularni Ashkenazi va sefardlarga ajratish udum bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish