YAGUAR



YAGUAR — katta Mushuklar urug’iga mansub yirtqich sut emizuvchi. Gavdasining uzunligi 2 metrgacha, dumi 75 santimetrgacha. Jussasining ko’rinishi yo’lbarsga o’xshash; qizg’ish yungida qora dog’lari va halqalari bo’ladi. Janubiy , Markaziy Amerika va shimoliy Amerikaning janubida tarqalgan. Tropik va subtropik o’rmonlarda, ahyonahyonda tog’larda uchraydi. Daraxtlarga chiqa oladi. Tuyoqlilar, maymunlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz