YAG’NOB TILI



YAG’NOB TILI — eroniy tillarning Sharqiy guruhiga mansub va Tojikistondagi Yag’nob daryosi vodiysida tarqalgan til. Yag’nob tili qadimiy Sug’d tili lahjalaridan birining rivojlanishi natijasidir. Unda so’zlashuvchilar 2,5 ming kishiga yaqin. 2 ta asosiy (g’arbiy va Sharqiy) va bir qancha oraliq shevalarga ega. Ular o’rtasidagi tafovutlar asosan fonetika va qisman morfologiya, leksika sohalarida kuzatiladi. Lug’at tarkibi tojikcha o’zlashmalar va tojik tili orqali kirib kelayotgan boshqa millat so’zlari bilan boyib bormoqda. Asl yag’nob so’zlari bilan o’zlashmalarning o’zaro nisbati turli so’z turqumlarida turlichadir. Masalan, asl yag’nob so’zlari fe’l va olmosh turkumlarida ko’proq uchraydi. Yag’noblar o’z hududlaridan tashqarida va tojiklar orasida faqat yag’nob so’zlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadilar. O’z yozuviga ega emas, yozma til sifatida tojik tili qo’llanadi. Ad.Xromov A.L., Yagnobskiy yazik, M., 1972.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz