YADROCHA
YADROCHA, nukleola — ko’pchilik EU – kariotlar hujayra yadrosi ichidagi tig’iz tanacha. Ribosomolar hosil qiluvchi ribonukleoproteidlar (RNK)dan iborat. Odatda, yadroda bitta, ba’zan bir necha Yadrocha (masalan, baliqlarning o’sayotgan tuxumhujayralari yadrolarida) bo’ladi. Yadrocha xromosomalarning ribosom r-nk kodlaydigan genlari joylashgan lokusida shakllanadi. Yadrocha yadrocha ichi xromatini, r-nk fibrillari va granulalar zonalaridan iborat. Granulalar zonasi ribosomalarning katta va kichik subbirliklarini hosil qiladigan rRNK molekulalariga ega. Preribosomal (ribosomalar hosil qiluvchi) fanulalar Yadrochadan ajralib, tsitoplazmaga chiqadi; tsitoplazmada ulardan ribosomalar shakllanadi. Yadrochaning fibrillalar zonasiga yorug’lik mikroskopda amorf qism, granulyar zonaga — nukleolonema (to’rsimon geterogen qism) sifatida qaraladi. mitozda ko’pincha Yadrocha yemirilib, mitoz tamom bo’lishi bilan yana shakllanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz