YADRO YOQILG’ISI



YADRO YOQILG’ISI — yadro reaktorida bo’linish yadro reaktsiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan modda. Yadrosi neytronlar ta’sirida bo’linib, kuchli energiya ajratib chiqaradi. Tabiatda faqat bir Yadro yoqilg’isi — uran (II) mavjud. Yadro yoqilg’isining issiqlik ajratish xususiyati, masalan, ko’mirnikidan bir necha million marta katta. Reaktorlarda Yadro yoqilg’isi Butunlay “yonib” ketmaydi. Shuning uchun reaktorlarning issiqdik ajratuvchi qobiqlari Yadro yoqilg’isini regeneratsiya qilish uchun qaita ishlanadi. Yadro yoqilg’isi NP regenerasiya qilish radioaktivligi yuqori bo’lgan moddalarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayon. Yadro yoqilg’isi chiqindilarini qayta ishlash va ko’mib yuborish bilan bog’liq ishlar insoniyat oldidagi eng tashvishli va serchiqim yumush hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz