YADRO MODELLARI



YADRO MODELLARI — atom yadrosining turli xossalarini o’rganish uchun tuziladigan tasavvurlar. Shu vaqtgacha olimlar tomonidan tavsiya etilgan Yadro modellarining birortasi ham yadroning xossalarini to’liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, bir necha Yadro modellari qo’llaniladi. Ayniqsa, tomchisimon va qobiqsimon mo- dellardan samarali foydalaniladi. Yadroning tomchisimon modeliga ko’ra, atom yadrosini zaryadlangan suyuqlik tomchisiga o’xshatish mumkin. Suyuqlik tomchisidagi molekulalar molekulyar tutinish kuchlari bilan bog’langani kabi, yadroni tashkil qiluvchi nuklonlar ham o’zaro yadro kuchlari bilan bog’langan. Yadroning qobiqsimon modeliga qo’ra, yadroda ham, xuddi atomdagidek, diskret energetik sathlar bo’lib, ular nuklonlar bilan to’ldiriladi. Bir-biriga yaqin energetik sathlardagi nuklonlar yadro qobiqlarini hosil qiladi. Yadrolarning 2, 8, 14, 20, 28, 50 va 126 ta nuklonlar bilan to’ldirilgan qobiqlari mavjudligi aniqlangan. Bu sonlar sehrli sonlar deyiladi. Aniqlanishicha, nuklonlar soni sehrli sonlarga teng bo’lgan yadrolar boshqalariga qaraganda turg’unroq bo’lar ekan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz