YADRO KUCH QURILMASI



YADRO KUCH QURILMASI — yadro energiyasi hisobiga ishlaydigan kuch qurilmasi. Atom reaktori va bug’ yoki gaz turbinasidan iborat. Reaktorda ajralgan issiqlik energiyasi turbinada mexanik yoki elektr energiyasiga aylanadi. Eng keng tarqalgan Yadro kuch qurilmasi bosim ostidagi suvsuvli reaktor hisoblanadi. Yadro kuch qurilmasida uran izotoplaridan foydalaniladi. Undagi f. i. k. 40% ga yetadi. Yadro kuch qurilmasidan muzyorar kemalar, suv osti kemalari va atom elektr stantsiyasida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz