YADRO KIMYOSI — moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan o’zaro bog’liq holda umumlashtirib o’rganuvchi fan. Ba’zan “Yadro kimyosi” termini radioknmyo ma’nosida qo’llanadi. Bu noto’g’ri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot ob’yekti atom yadrosining xossalari va yadro reaktsiyalari bo’lsa, radiokimyoning tadqiqot ob’ekti radioaktiv yadrolarning xossalarini kimyoviy muammolar yechimi uchun qo’llanishidir. Yadro kimyosining asosiy yo’nalishlari: yadro reaktsiyalarini va yadroviy o’zgarishlarning kimyoviy oqibatlarini o’rganish; “yangi atomlar” kimyosi; Myossbauer effekti; yangi elementlar va radionuklidlar, radioaktiv parchalanishning yangi turlarini topish. Bu muammolarni echishda radiokimyo, ionizatsiya, so’nggi yillarda massspektrometriya, shuningdek, qalin qatlamli fotoemulsiya usullaridan foydalaniladi. Yadro kuch qurilmasi — Yadro kimyosining muhim vazifasi yadro reak- tsiyalari mahsulotlarini radiokimyo usullari yordamida ajratib olish va identifikatsiya qilishdir. Shu sababli Yadro kimyosi va radiokimyo bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ular birgalikda o’rganiladi. Yadro kimyosi usullari boshqa sohalarga taalluqli tadqiqotlar va ishlab chiqarishni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Bular kimyo va texnologiyada — nishonlangan atomlar usuli, aktivasion analiz, nurlanishdan foydalanishga asoslangan texnologik o’lchov asboblari, tibbiyotda — radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti, radioimmunologik analiz, geologiya va arxeologiyada — sanani radioaktiv aniqlash va boshqalar Yadro kimyosining paydo bo’lishi uran radioaktivligining ochilishi (A.Bekkerel, 1896), toriy va uning parchalanish mahsulotlari — yangi radioaktiv elementlar — poloniy va radiyning kashf etilishi (P.Kyuri va M.Sklodovskaya— Kyuri, 1898) bilan bog’liq. Yadro kimyosining keyingi rivojlanishiga sun’iy yadroviy o’zgarishlarning ochilishi (E.Rezerford, 1919), tabiiy radionuklidlar atom yadrolarining izomeriyasi (O.Gan, 1921), va sun’iy atom yadrolarining (I.V.Kurchatov va boshqalar, 1935), neytronlar ta’sirida uran yadrolarining bo’linishi (O.Gan, F.Shtrasman, 1938), uranning spontan emirilishi (G.N.Flyorov va K.A.Petrjak, 1940) sabab bo’ldi. Yadro reaktorlari (E.Fermi, 1942) va zarrachalar tezlatkichlarining kashf etilishi (J.Kokroft va E.Uolton, 1932) yuqori energiyali zarrachalar bilan murakkab yadrolarning o’zaro ta’sirida kechadigan jarayonlarni o’rganish, sun’iy radionuklidlar va yangi elementlarni sintez qilishga imkon berdi. Ad:. Chopping G., Gidberg Ya ., Yadernaya ximiya. Osnovm teorii i primeneniya, Per. s angl., M., 1984. Saidahmad Xo’jayev.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Yadro kimyosi — bu kimyoning yadroning tuzilishi, xossalari va o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan sohasidir. Bu fan yadrolarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganadi va atom yadrosining taqsimlanishi, sintezlanishi, radioaktivlik, yadroviy reaksiyalar kabi hodisalarni tahlil qiladi.
Yadro kimyosining asosiy yo‘nalishlari:
Radioaktivlik
Radioaktivlik yadroning o‘z-o‘zidan parchalanishi jarayonidir. Bu jarayonda yadroning ayrim zarrachalari chiqariladi (masalan, alfa-zarrachalari, beta-zarrachalari, gamma-nurlari) va yangi element yoki izotop hosil bo‘ladi.
Yadroviy reaksiyalar
Yadro kimyosi yadroviy reaksiyalar orqali yangi atom yadro moddalari hosil qilishni o‘rganadi. Masalan, neytronlarning yadrolarga ta’siri natijasida yadrolar parchalanishi yoki birikishi mumkin.
Yadroning sintezi va parchalanishi
Yadro sintezi — bu yadro atomlarining birlashishi jarayoni. Bu jarayon Quyoshda va yulduzlarda energiya ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Yadro parchalanishi esa yadro kimyosidagi belgilar asosida atom yadrolarining kichikroq qismlarga bo‘linishi hisoblanadi.
Yadro energetikasi
Yadro reaksiyalari natijasida ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiyadan atom elektr stansiyalarida foydalaniladi.
Yadro kimyo usullari
Yadro kimyosi muayyan izotoplarni ajratib olish, yo‘qotish va ularning xususiyatlarini o‘rganish uchun maxsus metodlar — spektroskopiya, radiometriya, yadroviy tahlil usullarini qo‘llaydi.
Yadro kimyosining ahamiyati:
Tibbiyotda: Radioaktiv izotoplarning diagnostika va davolashda qo‘llanilishi (masalan, radioaktiv markerlardan yilda saraton kasalligini aniqlash).
Energetika: Yadro energiyasidan foydalanish.
Sanoat: Materiallarni tahlil qilish va sifat nazoratida.
Fan va texnologiya: Elementlar va ularning izotoplarini o‘rganish, yangi modda va materiallarni yaratish.
Yadrokimyo va yadroviy fizikani o‘rganish yadrolarning tabiati, xossalari va ularning inson hayotidagi ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bu soha doimiy ravishda rivojlanib bormoqda va yangi texnologiyalar paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish