YABU
YABU, yobu, Jabu — 1) o’zbek xalqi tarkibiga kirgan kichik urug’lardan biri. 20-asrning boshlarida (hozirgi Pastdarg’om, Kattaqo’rg’on, Narpay, G’ijduvon tumanlarida) hamda qarshi cho’lida yashab, asosan, chorvachilik, so’ngra dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. 1926 yilgi aholi ro’yxati ma’lumotlariga ko’ra, ular 4 mingga yaqin kishini tashkil etishgan; 2) qadimiy turkiy xalqlarda qabila boshliqlari, hokimlar, xonlar unvoni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz