YABLONOVSKIY NIKOLAY MIXAYLOVICH



YABLONOVSKIY NIKOLAY MIXAYLOVICH (1908.20.12, Don viloyati Morozov stansiyasi — 1971.1.1, Toshkent) — pianinochi, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini (1934), uning Oliy mahorat maktabini (1936) tugatgan. 1938 yildan Toshkent konservatoriyasida o’qituvchi (1952 yildan professor), kamer xonandalik sinfining tashkilotchisi, kamer musiqa kafedrasi mudiri (1954— 71); shuningdek, O’zbekiston radioqo’mitasi va O’zbek davlat filarmoniyasida yakkaxon sozanda bo’lgan. Yablonovskiy, ayniqsa, qadimiy klavesin musiqasi hamda Gaydn, Mosart, Shopen, List, Ravel, Debyussi, Musorgskiy, Stravinskiy va boshqalarning fortepiano asarlarini mohirona talqin etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz