Я (kirill)




Ya — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz birinchi harfi. Oʻzbek adabiy tilida til oʻrta, sirgʻaluvchi y undoshi bilan til oldi, lablashmagan a unlisi birikmasini (ya) ifodalovchi grafema. Soʻz boshida (yangi, yaxshi, yashin), oʻrtasida (muyassar, tayanch, noyabr) va oxirida (madhiya, soya, hadya) kela oladi. Turkiy xalqlar qoʻllagan avesto, urxunenisey, sugʻd, uygʻur, arab, lotin grafikalari asosidagi alifbolarda bunday grafema mavjud emas, u faqat kirill (rus) grafikasi asosidagi alifbodagina uchraydi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz