YA



YA — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz birinchi harfi. O’zbek adabiy tilida til o’rta, sirg’aluvchi y undoshi bilan til oldi, lablashmagan a unlisi birikmasini (ya) ifodalovchi grafema. So’z boshida (yangi, yaxshi, yashin), o’rtasida (muyassar, tayanch, noyabr) va oxirida (madhiya, soya, hadya) kela oladi. Turkiy xalqlar qo’llagan Avesto, urxunenisey, Sug’d, uyg’ur, Arab, lotin grafikalari asosidagi alifbolarda bunday grafema mavjud emas, u faqat kirill (rus) grafikasi asosidagi alifbodagina uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz