XYUISH (HEWISH) ENTONI
XYUISH (HEWISH) ENTONI (1924.11.5, Foy shahri, Kornuoll grafligi) — ingliz astronomi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1968 yildan). Kembrij universitetida o’qigan. Kembrij universitetining mallard radioastronomik rasadxonasida ishlagan (1946 yildan). Ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. Kichik burchak o’lchamli radiomanbalarning stsintillyasiyaskni tadqiq qilgan va Quyosh tojining tashqi qatlamlarini o’rganish usullaridan birini taklif qilgan. Pulsarlarnk ochgan radioastronomlar guruhiga rahbarlik qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1974; M. Rayl bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz