XUTBA
XUTBA (Arabcha — targ’ibot, nutq) — juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi) ning va’zxonligi, diniy pand-nasihat. O’rta asrlarda Xutbaning muxim siyosiy ahamiyati bo’lgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqiga duo qilishlari lozim edi. 9-asr 2-yarmidan ayrim hukmdorlar Xutbada o’z ismlarini xalifa ismidan keyin qo’shib aytilishi uchun harakat qilishgan. Xutbada hukmdor ismining yodga olinishi hukmdorning mustaqil ekanligining asosiy tashki belgilaridan biri hisoblangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz