XURSANDTOG’
XURSANDTOG’ — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi cho’qqi. Hisor tog’ining Janubi g’arbida. Balandligi 4117 metr. Granit, konglomerat va ohaktoshlardan tuzilgan. Yon bag’irlari tik, tepalarida muzliklar bor. Atrofidan soylar oqib tushadi. Archazorlar uchraydi. Xursandtog’ yonida Xondiza ruxqo’rg’oshin koni bor. Ba’zi joylarda Alp va subalp o’tloqlari uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz