XURMODOSHLAR



XURMODOSHLAR, safsandoshlar (Ebenaceae) — tropik va subtropiklarda keng tarqalgan o’simliklar oilasi. Daraxt yoki buta. Barglari oddiy va etli. Gullari, ko’pincha, ayrim jinsli va ikki uyli. Changchisi ko’p, 1 yoki 2 doira bo’lib joylashgan. Urug’chisi 2 — 16 mevabargli, ko’p uyali. Mevasi rezavor. Xurmodoshlar 5 turkum (300 tur)dan iborat. O’zbekistonda Xurmodoshlarning bitta yovvoyi turi va bir nechta madaniy navlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz