XUBSUGUL



XUBSUGUL, Kosogul — Mongoliyaning shimol qismidagi ko’l. Tog’ oralig’idagi tektonik botiqda, 1645 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 2620 kilometr kvadrat, uzunligi 134 kilometr, eni 36 kilometrgacha. Eng chuqur joyi 238 metr. Suvi chuchuk. Xubsuguldan EginGo’l daryosi oqib chiqib, Selenga daryosiga quyiladi. Qirg’oqlari baland, tik. Dekabrdan may oyigacha muzlaydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz