XROMOPROTEIDLAR
XROMOPROTEIDLAR (xromo… va protpeidlar) — murakkab bo’yalgan oqsillar. Tarkibida xromoproteid yutilishi spektrini belgilovchi prostetik guruh bo’ladi, ya’ni Xromoproteidlar rangini belgilaydi. Prostetik guruh tuzilishiga binoan, Xromoproteidlar gemoproteidlar, flavoproteidlar, retinilidenproteidlar, fikobilinlar va boshqalarga ajratiladi. Xromoproteidlar energiya uzatilishi va o’zgarishi bilan bog’liq jarayonlar (nafas olish, fotosintez, ko’rish va boshqalar)da ishtirok etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz