XORMEYSTER



XORMEYSTER (xor va nemischa Meister — usta, rahbar) — xor dirijyori, rahbari. Xormeyster kasbi 19-asr o’rtalaridan dunyoviy xor san’ati va kontsert ijrochiligi jadal rivoji tufayli qaror topdi. Ungacha Xormeyster vazifalari cherkovda faoliyat ko’rsatgan Kantor, regent hamda Kapelmeysterlar bajargan. O’zbekistonda S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov, N. Qoziev, Sh. Yormatov, S. Shodmonov, J. Shukurov kabi Xormeysterlar tanilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz