XONADON XO’JALIGI



XONADON XO’JALIGI – o’z iste’molini birgalikda qondirish yo’lida pul daromadlari va moddiy mablag’larini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, uy ro’zg’ori umumiy bo’lgan kishilar guruhi. Xonadon xo’jaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u oila a’zosi bo’lmagan kishilarni, chunonchi oilasi yo’qlarni, xonadonda yashovchi xizmatchilar, Enagalar, murabbiylar, uy o’qituvchilari va tarbiyachilarni ham o’z ichiga oladi. Bir o’zi mustaqil yashaydigan so’qqabosh (oilasiz) kishilar ham Xonadon xo’jaligini tashkil etadi. Xonadon xo’jaligining asosiy belgilari xonadon a’zolari byudjetining umumiyligi (to’liq yoki qisman), ro’zg’orining bir bo’lishi, doimiy birga yashashi va ovqatlanishi. Xonadon xo’jaligi xalqaro statistikada qabul qilingan muhim statistik birlik hisoblanadi. Xonadon xo’jaligi turli mezonlarga qarab guruhlashtiriladi. Ijtimoiy-demografik mezonga ko’ra — so’qqaboshlar xonadoni, bir oilali xonadon, ko’p oilali xonadon, oila a’zolaridan tashqari begonalarni ham birlashtiruvchi xonadonlarga; ijtimoiy ahvoli mezoniga ko’ra — ishchi, xizmatchi, dehqon, tadbirkor va pensionerlar xonadonlariga; daromadi miqdori mezoniga ko’ra — o’ta kambag’allar, kambag’allar, o’rta hollar, boylar va o’ta boylar xonadonlariga bo’linadi. Xonadon xo’jaligi firmalarga bozor orqali turli resurslarni, chunonchi mehnat resurslari, moliya resurslari va kapital resurslarni yetkazib beradi, firmalardan esa tovar va xizmatlarni sotib oladi, davlat ko’rsatadigan ijtimoiy, ya’ni bepul xizmatlardan foydalanadi. Xonadon xo’jaligi iqtisodiyotda soliq to’lash, iste’molchi bo’lish va jamg’arma hosil etishdek vazifalarni bajaradi. Bulardan asosiysi iste’molchi bo’lishdir. Xonadon ahli davlatga to’gri va efi soliqlarni to’laydi, bu esa byudjet uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Ko’pchilik mamlakatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko’pi Xonadon xo’jaligida iste’mol etiladi (2003 yil O’zbekistondagi Xonadon xo’jaligi iste’moliga yalpi ichki mahsulotning 58,6% to’g’ri keldi). O’zbekistonda Xonadon xo’jaligi daromad manbalari mehnatdan va mol-mulkdan, tadbirkorlikdan olingan va davlat transfertlaridan, tomorqa daromadidan iborat. Bular amaliyotda ish haqi, foyda, foiz, dvidend, ijara haqi, tomorqadan tushum, pensiya, nafaqa va stipendiya kabilardan iborat bo’ladi. Daromadlarning asosiy qismi iste’molga yo’naltiriladi. 2003 yilda O’zbekistonda bir o’rtacha xonadonga hisoblangan iste’mol sarfi 1,1 million so’mni tashkil etdi. Biroq Xonadon xo’jaligi iste’molining bir qismi natural (moddiy) shaklga ega bo’ladi, ya’ni xonadonlar o’zi ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlarini o’zlari iste’mol etadilar. Natural iste’mol ko’pincha dehqonlar va fermerlar xonadoniga xos bo’ladi. O’zbekiston xonadonlari natural iste’mol hissasining kattaligi bilan tavsiflanadi (20-25%). Xonadon xo’jaligi iste’molining hajmi uning topgan pul daromadiga, natural tushumlar miqdoriga, xonadondagi ishlovchilar (daromadiga ega bo’lganlar) va boqimandalar (qaramog’dagilar) soniga bog’liq. Xonadonning iste’mol xarajatlari demografik tarkibdan tashqari uning daromad manbalariga, qaysi toifaga mansubligiga ham bogliq. Iste’molning miqdori va tarkibi jihatdan Xonadon xo’jaligi quyidagicha tartiblanadi: tadbirkorlar, xizmatchilar, ishchilar, dehqonlar va pensionerlar xonadonlari. Xonadon xo’jaligi iste’molining tarkiban farqlanishi hududiy iqtisodiy salohiyatga qarab daromadlarning farqlanishi, kasbkor, yashash sharoiti va turmush tarzining har xil bo’lishga ham bogliq. Xonadon xo’jaligi iste’moli bozor hajmini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, uning tovar bozoridagi talabi jami talabning 50-60% ni tashkil etadi. Iste’mol uchun Xonadon xo’jaligi xaridining ortib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisoblanadi. Xonadon xo’jaligi iste’moli 2 xil tavsifga ega. Biri iste’molning mutlaq hajmi, ya’ni iste’molga hammasi bo’lib qancha pul ketishi. Ikkinchisi, iste’molning nisbiy jihati, ya’ni iste’mol sarfi daromadning qanday qismiga teng bo’lishi (iste’molga moyillik koeffisientini — Ik). Buni aniqlash uchun jami iste’mol sarflari (is) daromad (D) bilan taqqoslanadi (ik —d4. Agar xonadon daromadi, 1 mln. bo’lib, shundan 800 mingi iste’molga sarflansa, iste’molga moyillik bo’ladi. Bu koeffinient har doim 1 dan kichik bo’ladi, chunki xonadon hamma daromadini iste’molga sarflab yubormay, uning bir qismini jamg’arib boradi. Xonadon xo’jaligining daromadi unish. Iste’mol sarflaridan ortib qolgan taqdirda jamg’arma hosil bo’ladi. Shu sababli jamg’arish ko’pincha o’ziga to’q xonadonlarga xos. Jamg’arishga moyillik koeffisient (kJ) bilan o’lchanadi (KJ = D-). Bu jamg’arish (J) daromadning (D) qanday qismiga tengligini bildiradi. Jamg’arishga moyillik ortsa bu ko’rsatkich 0,1 dan ko’p, agar aksi yuz bersa u 0,1 dan kam bo’ladi. O’zbekistonda Xonadon xo’jaligilarining jamg’arishga moyillik koeffisienti 2001 yil 0,53 bo’lsa, 2004 yil kelib 0,153 etdi. Xonadon xo’jaligi jamg’armasi 2 qismga ajraladi: investitsiyalangan va investitsiyalanmagan jamg’arma. Xonadon xo’jaligi inventisiyasi moddiy va moliyaviy aktivlar hosil etishga yo’naltiriladi. Birinchi holda xonadon biznesda moddiy kapital hosil etiladi, ya’ni imoratlar quriladi yoki ijaraga olinadi, asbob-uskuna, turli ashyolar xarid qilinadi. Dehqon xonadonida bu mahsuldor hayvonlarni ko’paytirish, xo’jalik ob’yektlarini qurishga pul sarflashdan iborat bo’lib, noiste’mol tavsifidagi xarajatlarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi holda xonadon puli bankda jamg’ariladi, aktsiya va obligatsiya olishga sarflanadi. 2003 yilda O’zbekistondagi Xonadon xo’jaligilaridan chiqqan aktsiya egalari 1.2 million nafar bo’lib, xonadon axlining 4% ni tashkil etdi. Investipion faollik oshgan yerda Xonadon xo’jaligi qo’lidagi umuman aktiv hosil etmandigan pul qoldig’i qisqarib boradi. O’zbekistonda bunday pullar 2001 yilda Xonadon xo’jaligi daromadining 3% ni, 2004 yilga kelib 1% ni tashkil etdi. Xonadon xo’jaligining investitsiya faolligi mamlakatning iqtisodny taraqqiyoti darajasiga va investitsiyalarda muqobil tanlovning borligiga bog’liq. Shu sababli iqtisodiyot rivojlangan joyda Xonadon xo’jaligining jami investisiyalardagi hissasi ortib boradi. Ayni payda Xonadon xo’jaligi iste’moli hajmi katta bo’lganidan bu milliy bozorni kengaytirib, iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoit hozirlaydi. Hojimurod Ahmadjonov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz