XOLQO’ZIYEV MURODILLA NURMATOVICH
XOLQO’ZIYEV MURODILLA NURMATOVICH (1899.27.5., To’raqo’rg’on tumani — 1966.22.2, Samarqand) — anatom. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959), tibbiyot fanlari doktori (1944), professor. (1949). Qozon tibbiyot institutini tugatgach (1931), shu institut normal anatomiya kafedrasida aspirant (193135), Assistent (193542), dosent (1942-45). 1948 yildan SamTI normal anatomiya kafedrasining mudiri. Ilmiy ishlari Anatomiyaning turli masalalari, nerv sistemasining morfologiyasiga oid.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz