XO’JAYEV SHABOT XO’JAYEVICH (1924.2.5, Toshkent) — infektsionist olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1965). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1964). Tibbiyot fanlari Doktori (1960), professor (1961). ToshTIning davolash fakultetini tugatgach (1946), Nukusdagi Respublika kasalxonasida ichki kasalliklar bo’limi mudiri (1946). SSSR tibbiyot faning epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti (Moskva)da aspirant (1946-50), kichik ilmiy xodim (1950— 51). Toshkent vrachlar matakasini oshirish instituti yuqumli kasalliklar kafedrasida assistant (1951-53), dotsent (1953-56). SSSR Tibbiyot Fanlar Akademiyasi epidemiologiya. mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar intila doktorant (1956-60), Toshkent vrachlar matakasini oshirish instituti yuqumli kasalliklar kafedrasida professor (1960— 64). 1964 yildan mudir, ayni vaqtda o’quv ishlari bo’yicha prorektor: virusologiya instituti tashkilotchisi va direktori (1979 — 2004). O’zbekiston mehr-shafqat va satomatlik fondi raisi (1989 y.dan). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998). As: Meningokokkovaya infektsiya Rukovodstvo dlya vrachey!. T.. 1986. Virusnne gspati-TM, T.. 1985; difteriya |Rukovodstvo dlya vrachey]. T.. 1994.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish