XO’JAYEV AZMIDDIN (1892 — Toshkent — 1946) — shaxmatchi. O’zbekistonning birinchi chempioni (1930, Samarqand). Xo’jayev 1924 yildan O’zbekistonda zamonaviy shaxmat qridalarini targ’ib etishga boshchilik qildi. Yetakchi shaxmatchilarni taklif etib, ommaviy musobaqalar uyushtirdi, shaxmat to’garaklari ochdi. Toshkentning Eski shahar qismida jonli shaxmat (har bir sipohga xos kiyingan odamlar ishtirok etuvchi) o’yinlarini tashkil etdi. Xayrulla Abdullayev, Aleksandr Ayrapetov, Ulug’bek Elbekov kabi iqtidorli shaxmatchilarning kamol topishiga ko’maklashdi. 1972 yildan O’zbekistonda Xo’jayev xotirasiga bag’ishlangan an’anaviy musobaqalar o’tkazib kelinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish