XO’JAYEV AZIMMUROD



XO’JAYEV AZIMMUROD (1909 — Samarqand — 1968) — koshinkor, kulol. Hunarni usta G’ulomdan o’rgangan. Xo’jayev boshchilik kilgan ustaxona rejali ravishda qoplama sopol parchalarini tayyorlagan. Tillakori madrasaning burchak minorasiga sharafalar ishlagan; Amir Temur maqbarasi gumbazining aslini tiklab, koshinlar bilan bezagan (hamkorlikda); Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasi, Mir Arab madrasasi, Turkiston (Qozog’iston) dagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va boshqa obidalarni ta’mirlashda ishtirok etib, ular uchun koshinlar tayyorlagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz