XO’JAMAZGIL MAKONI



XO’JAMAZGIL MAKONI – yuqori paleolit davriga oid makon. Samarqand viloyati Bulung’ur tumanining Xo’jamazgil qishlog’i yaqinidagi qoya bag’rida joylashgan. Maydoni taxminan 3 gektar. O’zbekiston faning Tarix va arxeologiya instituti xodimlari o’rgangan (1969). Xo’jamazgil makonidan ko’plab tosh qurollar, xilma-xil pichoqlar, qirg’ichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz