XO’JA



XO’JA (forscha — xo’jayin, sohib) — Islom mamlakatlarida turli davrlarda turlicha ma’noda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli. Ijtimoiy tabaqa sifatida sayyidpardan keyingi o’rinda turgan. Xo’jalarning kelib chiqishi haqida har xil fikr bor. Ba’zi ma’lumotlarda Xo’jalar choryorlardan tarqalgan deyilsa, boshqasida arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning avlodlari deb hisoblanadi. Xo’jalar muayyan imtiyozlarga ega bo’lganlar. Ba’zi mamlakatlarda bu imtiyoz ma’lum darajada saqlanib qolgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz