XITOY FANLAR AKADEMIYASI



XITOY FANLAR AKADEMIYASI, XXR Fanlar akademiyasi — Xitoyning oliy ilmiy muassasasi. Fanning barcha sohalari bo’yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi, ko’p ilmiy tadqiqot muassasalariga rahbarlik qiladi. Nankindagi Markaziy ilmiy tadqiqot akademiyasi va Pekin ilmiy tadqiqot akademiyasi negizida 1949 yil noyabrda Pekin shahrida tashkil etilgan. Akademiya tarkibida fizika matematika, va kimyo fanlari, biologiya fanlari, geologiya va geografiya fanlari, texnika fanlari, falsafa va ijtimoiy fanlar bo’limlari, 80 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasasi mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz