XINONLAR



XINONLAR, S6N4O2 tsiklik diketonlar. Xinonlar — o’tkir hidli rangli kristallar; masalan, p — benzoxinon va 1, 4 naftoxinon sariq, obenzoxinon va antraxinon — qizil rangli. Turli tabiiy pigmentlar Xinonlarning hosilalaridir. Xinonlar aromatik uglevodorodlarni oksidlab va boshqa usullarda olinadi. Xinonlar va ularning hosilalari bo’yagichlar olishda oraliq mahsulot hisoblanadi. Ular fungisid, insektisid, oshlovchi moddalar sifatida ham ishlatiladi. 2 metil 1,4 naftoxinon — K vitamini.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz