XEMOTROPIZM (xemo… va tropizm), kimiotropizm — kimyoviy moddalarning bir yoqlama ta’sirida o’simlik organlarining burilib o’sishi (o’suv yo’nalishini o’zgartirishi). Ba’zi moddalar oz mikdorda musbat Xemotropizm (o’simlik organlarining ta’sirot tomonga qarab o’sishi) ko’p miqdorda esa manfiy Xemotropizm (organlarning ta’sirot tomondan qarama-qarshi tomonga qarab o’sishi) hosil qiladi. Chang naychalarining urug’kurtakka qarab o’sishida, zamburug’lar gifasining xo’jayino’simlik to’qimasiga qo’shilib o’sib ketishida, ildizning o’g’it donalari tomonga qarab o’sishida Xemotropizm kuzatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish