XEMNIS



XEMNIS (1953-1990 yillarda karlmarkslardan) — Germaniyaning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar. Saksoniya yerida. Aholisi 266 ming kishi (1999). Muhim sanoat markazi va transport yo’llari chorrahasi. Mashinasozlik (xususan, to’qimachilik va kimyo sanoatlari uchun jihozlar, avtomobil, motosikl va velosipedlar ishlab chiqarish), kimyo, to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va mebel sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 12-asrda rudali tog’lardan o’tgan savdo yo’li yoqasida asos solingan. 12— 18-asrlarda qurilgan me’moriy obidalari saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz