XEKMAN (HECKMAN) JEYMS



XEKMAN (HECKMAN) JEYMS (1944.19.4, Chikago) — amerikalik iqtisodchi. Priston universitetini tugatgan (1968). Nyuyork va Kolumbiya universitetlari, iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi va “Rend” korporatsiyasida ishlagan. 1977 yildan Chikago universiteti professor Xekman ilmiy ishlari mehnat resurslari, Aholishunoslik, “insoniy potentsial”, davlat siyosati, mikroekonometriya sohasida mikro ma’lumotlarni statistik tahlil usullari, xususan, statistik tanlamani shakllantirish muammolariga bag’ishlangan. Nobel mukofoti laureati (2000, D. Makfadden bilan birga).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz