XAYROBODTEPA



XAYROBODTEPA — shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1 asr — milodiy 3-4-asrlar) Termiz shahri (Surxondaryo viloyati)dan 30 kilometr shimolda, Angor qishlog’i yaqinida joylashgan. Tarhi to’rtburchak (150×100 metr), minoralari bo’lgan mudofaa devori va xandaq bilan o’ralgan. Xayrobodtepaning Janubiy Sharqiy qismida mustahkamlangan Ark bo’lib, uning atrofiga ham xandaq qazilgan. Xayrobodtepa qadimda devor bilan teng 2 qismga ajratilgan. Devorning eni 8 metr, saqlangan balandligi 10 metr. Xayrobodtepaning bir qismida ilk va rivojlangan o’rta asrlarda ham hayot davom etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlar, terrakota haykalchalar, baqtriy yozuvi bitilgan xumlar, Sapadbiz, Neron, Kadfiz II, Kanishka, Vasudeva tangalari chiqqan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz