XAYRIDDIN SALOH



XAYRIDDIN SALOH (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957). “O’zbekiston madaniyati” (1963-66) gazeta va “gulxan” jurnalida (1968-69) adabiy xodim. “Chashma” (1959), “ikkinchi imtihon” (1961), “Ishqim va rashkim” (1965), “tug’yon”, “Na’matak” (1969), “izlar va hislar” (1974), “shu’lalar qo’shig’i” (1975), “Lirika” (1985) she’riy kitoblari va “Laylo”, shoir Sultan Jo’ra haqidagi “Yangroq hayot” (1969), Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan “Toshkent bilan suhbat” (1966) kabi dostonlar muallifi. U. G. Geyne, Bayron, M. Lermontov, T. Shevchenko, R. Hamzatov va boshqalarning ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz