XAYOLIY SOTSIALIZM
XAYOLIY SOTSIALIZM, utopik sotsializm — mulkning umumiyligiga, majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi ta’limot. Dastlab T. Morning “Utopiya” asari (1516) da Xayoliy sotsializmga oid fikrlar bayon qilingan. Xayoliy sotsializmning vujudga kelishida turli xalklarda asrlar mobaynida ilgari surilgan ijtimoiy adolat va tenglikni ifodalovchi xayoliy g’oyalar asos bo’lgan. Xayoliy sotsializmning yirik vakillari: T.Myuntser, T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Mele, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K.A.Sensimon, Sh.Fure, R.Ouen, A.I.Gersen va N.G.Chernishevskiy.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz