XAYFO
XAYFO — Isroildagi shahar. Aholisi 214,9 ming kishi (2003). Transport yo’llari chorrahasi. Mamlakatning O’rta dengiz bo’yidagi muhim porti. Telaviv va Eylatdan neft quvurlari o’tkazilgan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, to’qimachilik, oynashisha, tsement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Tayyor qismlardan avtomobil yig’iladi. Muzeylar bor. Salibchilar qal’asi qoldiqlari saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz