XATOLAR NAZARIYASI



XATOLAR NAZARIYASI – matematik statistika bo’limi. Taqribiy hisoblarda topiladigan taqribiy qiymatlar uchun qoidalar ishlab chiqadi. Shuningdek, yo’l qo’yiladigan xatoliklarni o’rganadi. Biror qiymatni topish uchun bir necha marta o’lchash ishlari olib borilganda natijalar turlicha chiqadi, ya’ni qandaydir xatolikka yo’l qo’yiladi. Xatoliklar 3 xil bo’ladi: doimiy, qo’pol, tasodifiy. Doimiy xatoliklarning uchrashi o’lchov asboblari bilan bog’liq. Qo’pol xatolik ko’rsatkichlar natijasini noto’g’ri o’qish tufayli ro’y beradi va bunday xatolik darhol ko’rinadi. Tasodifiy xatoliklar o’lchash paytidagi turli tasodifiy sabablar tufayli paydo bo’ladi. Xatolar nazariyasi, asosan, qo’pol va tasodifiy xatoliklarni o’rganadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz