XATNA TO’YI



XATNA TO’YI – o’zbeklar va boshqa bir qancha musulmon xalqlardagi xatna marosimi. Islom dini tarqalgandan so’ng sunnat amali bajarilishini bayram qilish sifatida odat tusiga kirib qaror topgan. Xatna to’yi o’g’il bolalar “qo’lini halollash”ning, ya’ni ularni chin Musulmonlar qatoriga o’tkazishning asosiy sharti hisoblangan. To’yga tayyorgarlik (masalan, maslahat oshi), mehmonlarni taklif qilish, mehmonlar sharafiga o’yin-kulgi, tomoshalar uyushtirib ziyofat o’tkazish Xatna to’yining tarkibiy qismi hisoblangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz