XATANGA



XATANGA, Lyama — Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasidagi daryo. Xeta va Kotuy daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Laptevlar dengizidagi Xatanga qo’ltig’iga quyiladi. Uzunligi 227 kilometr, havzasining maydoni 364 ming kilometr kvadrat. Putorana tog’lari orasidan, Kan’on hosil qilib Toshloq tor o’zanda, etak qismida shimoliy Sibir pasttekisligida keng vodiy bo’ylab qumloq o’zanda oqadi. Xatanga, asosan, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 3320 metr kub/sekund. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, iyunda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: Popigay, Xeta. Baliq turi (muksun, nelma va boshqalar) ko’p. Kema qatnaydi. Xatanga. bo’yida Xatanga pristani joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz