XARKOV UNIVERSITETI



XARKOV UNIVERSITETI – Ukrainadagi qadimgi universitetlardan biri. 1805 yil rossiyalik ma’rifatparvar, olim V.N. Karazin tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fizika, matematika, biologiya, iqtisodiyot, geologiya, mashinasozlik, geografiya, priborsozlik, tarix, filologiya va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanadi. 8 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz