XARISBOBO MAQBARASI



XARISBOBO MAQBARASI – Xorazm viloyatidagi me’moriy yodgorlik (18-19-asrlar). Maqbara peshtoqli ziyoratxona va go’rxonadan iborat; pishiq g’ishtdan bezaksiz, gumbaz tomli qilib qurilgan. Peshtoqli darvoza orqali ziyoratxona (4,0×4,0 metr) va undan go’rxona (3,0×3,0 metr)ga o’tiladi. Peshtoq yuqoriga tomon bir oz torayib borib, g’ishtin sharafa bilan yakunlangan. Ziyoratxona gumbazi qalqonsimon bag’allarga o’rnatilgan, go’rxona gumbazi bir g’isht qalinligida ishlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz